Namangan xalqaro aeroporti

“Namangan xalqaro aeroporti” MChJ

“Namangan xalqaro aeroporti” MChJ sutka davomida ishlaydi. Aerodrom uchish-qo‘nish yo‘lagi har qanday rusumdagi havo kemalarini qabul qilib olish imkoniyatiga ega.

Bulardan tashqari, Toshkent aeroporti uchun zaxira hisoblanadi. Namangan aeroportida havo kemalariga yer usti xizmatlari, yuklarga tijorat xizmatlari  va shu kabi qo’shimcha xizmatlar ko’rsatiladi.

“Namangan xalqaro aeroporti” IСAO I toifasiga muvofiq sertifikat bilan taqdirlangan. Soatiga 200 kishigacha xizmat  ko’rsatadi.

Terminal yo‘lovchilarga xalqaro standartlarga muvofiq barcha turdagi xizmatlarni taqdim etadi. Aerovokzal binosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, uchib kelish va uchib ketish zallari; keng, axborot-ma’lumot xizmatlari; bufet, tibbiyot punkti, onalar va bolalar xonalari, valyuta ayirboshlash va aviachiptalarni sotish kassalari mavjud. 

Aerovokzal majmuasi binosida axborot tablolari va axborot stendlari o‘rnatilgan. Ularda parvoz va ro‘yxatga olish qoidalari, bojxona qoidalari, cheklovlar, davlat organlarining talablari va boshqalar haqida to‘liq ma’lumot aks ettirilgan.

 

Manzil: 16127 Namangan shahar, Aeroport

Elektron pochta: pressa.nma@uzbairports.uz 

Telegram: https://t.me/namanganirport

Fecebook: : https://www.facebook.com/namangan.airport

Tel.: +998(69)228-68-90 / +998(69)228-68-96